Янгиликлар / Эълонлар / Фукароларга

TAKLIF BERING

Янгиликлар / Эълонлар / Фукароларга
baxriddin
0
113
TAKLIF BERING
⚡️Hurmatli fuqarolar! Sizlarning takliflaringiz tumandagi katta o‘zgarishlarga sabab bo‘lishi mumkin!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi "Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5072-sonli qaroriga muvofiq Mahalliy byudjetning qo‘shimcha manbalarining 30 foizi jamoatchilik fikri asosida tadbirlarga sarflanishi ko‘rsatilgan. 

Shuningdek, Qiziltepa tuman byudjetlarining qo‘shimcha manbalarini jamoatchilik fikri asosida yo‘naltirishingiz, ya’ni "tashabbusli byudjet” jarayonida ishtirok etib, o‘z hududingizni ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishi uchun taklif kiritish va ovoz berish imkoniyatiga egasiz. Masalan, xiyobonlar, bolalar maydonchasi barpo etish, ichki yo‘llarni va ijtimoiy soha ob’yektlarini ta’mirlash, ekologiyani yaxshilash, ichimlik va oqova suvi bilan ta’minlash, ko‘cha chiroqlarini o‘rnatish (ta’mirlash) va shu kabilar.
"Tashabbusli byudjet” jarayonida ishtirok uchun Sizdan birinchi navbatda "openbudget.uz" axborot portalidan ro‘yxatdan o‘tishingiz so‘raladi va ro‘yxatdan o‘tish jarayonida Siz Qiziltepa tumanni belgilaysiz, hamda "Tashabbusli byudjet” jarayonida aynan  shu hudud bo‘yicha taklif kiritish imkoniyatiga ega bo‘lasiz va har bir jarayon davomida "Ochiq byudjet”, "openbudget.uz"  axborot portalida faqat bir marotaba taklif qoldirishi va bir taklifga ovoz berish imkoniyatiga egasiz.  

Agar sizda "openbudget.uz" axborot portalidan foydalanish imkoniyati mavjud bo‘lmasa, o‘z ovozlaringizni Qiziltepa tuman moliya bo‘limiga, nizomda ko‘rsatilgan maxsus shaklga muvofiq, yozma ravishda takliflaringizni qoldirishingiz mumkin.  Sizdan "openbudget.uz" axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida,  tadbirda faol ishtirok etishingizni va 2021 yil 1 avgust kuniga qadar o‘z takliflaringizni qoldirishingizni so‘raymiz.

Qiziltepa tuman Moliya bo'limi 
☎️Ma’lumot uchun: 79 555 27 54, 91 990 02 22

Агарда Сиз мақолада хатони учратган бўлсангиз, унда хато матнни белгилаб, CTRL + ENTER тугмасини босинг ва сайт маъмурига хабарнома жўнатинг.

Мавзуга оид ўхшаш мақолалар

MASOFA – TA'LIM OLISHGA TO'SIQ EMAS

MASOFA – TA'LIM OLISHGA TO'SIQ EMAS

Депутат ва матбуот / Депутат маколалари июл 03, 2020
JINOYAT ISHLARI BOʻYICHA TUMAN SUDIDA YANGI RAIS

JINOYAT ISHLARI BOʻYICHA TUMAN SUDIDA YANGI RAIS

Янгиликлар / Тадбиркорларга / Фукароларга окт 25, 2019
15-OKTYABR XALQARO QISHLOQ AYOLLARI KUNI

15-OKTYABR XALQARO QISHLOQ AYOLLARI KUNI

Янгиликлар / Тадбирлар окт 15, 2019