14.12.2023
Har qanday davlatning tarixi – bu, birinchi navbatda, unda yashaydigan xalqning tarixi, aholisining soni va tarkibi, uning iqtisodiy va ijtimoiy tavsiflarida o‘z ifodasini topadi. Aholi soni bo‘yicha aniq va yaxlit ma’lumotlar aholini ro‘yxatga olish asosida olinadi.
Manbalarda keltirilishicha, O‘zbekiston hududida dastlabki aholi ro‘yxati 1897-yilda o‘tkazilgan bo‘lib, aholi soni 3,9 mln. kishini tashkil etgan. Ushbu ro‘yxat ma’lumotlari XIX asr oxirida O‘zbekistonda mavjud oilalar soni, aholi soni, yoshi va jinsi, etnik tarkibi, tug‘ilish, o‘lim kabi demografik jarayonlar haqida tassavvur hosil qilishga yordam bergan.
O‘zbekiston hududida keyinchalik 1926, 1939, 1959, 1970, 1979 yillarda aholini ro‘yxatga olish ishlari tashkil etilgan.
Respublikamiz hududidagi oxirgi aholini ro‘yxatga olish 1989 yilda o‘tkazilgan bo‘lib, shu vaqtda aholi soni 19,8 mln.kishini tashkil etgan.
2023-yilning 1-oktyabr holatiga O‘zbekiston Respublikasi aholi soni 36,6 mln. kishini, Navoiy viloyati aholisi esa 1,07 million kishini, Qiziltepa tumani aholisi 161,2 ming kishini tashkil etgan.
Tuman statistika bo‘limi