
Assalomu alaykum, aziz tumandoshlar!
Avvalambor barchangizni mana shunday shukuhli va tarovatli kun – Ramazon hayiti bilan o‘zim nomimdan, korxona va tashkilotlar rahbarlari, faollari nomidan samimiy tabriklayman!
Sizlarga qalbimdagi ezgu va samimiy tilaklarimni bildiraman!
Asrlar davomida millatimiz va xalqimizning o‘lmas qadriyatiga aylangan, ezgulik, xayru saxovat va mehr oqibat oyi bo‘lgan Ramazoni oyi butun musulmon ahli uchun muqaddas ayyom sifatida o‘zgacha qadrlanadi.
Ayniqsa, muborak Ramazon hayitining hayotimizdagi beqiyos o‘rni, jamiyatimizda o‘zaro hurmat, mehr-oqibat, saxovat va shukronalik kabi olijanob qadriyatlarni qaror toptirishdagi ahamiyati nihoyatda yuksakdir.
Bir oy davomida har bir kunining shukuhini yanada chuqur anglab, har bir daqiqasini g‘animat bilib, duolar va yaxshi niyatlar bilan o‘tkazgan yana bir muqaddas Ramazon oyi nihoyasiga yetmoqda. Orangizda ko‘pchiligingiz ushbu oyda ro‘za tutganingiz aniq. Barchangizga tutgan ro‘zangiz qabul bo‘lishini tilayman.
Ramazon hayiti muborak bo‘lsin!
U. FAYZIYЕV,
tuman hokimi.
Агарда Сиз мақолада хатони учратган бўлсангиз, унда хато матнни белгилаб, CTRL + ENTER тугмасини босинг ва сайт маъмурига хабарнома жўнатинг.