/ / / QIZILTEPA TUMAN DAVLAT SOLIQ INSPEKSIYASI BOSHLIG‘INING 2022-YIL APREL OYI YAKUNI BO‘YICHA HISOBOTI VA TADBIRKORLARGA MUROJAATI
Янгиликлар / Тадбиркорларга / Хисоботлар

QIZILTEPA TUMAN DAVLAT SOLIQ INSPEKSIYASI BOSHLIG‘INING 2022-YIL APREL OYI YAKUNI BO‘YICHA HISOBOTI VA TADBIRKORLARGA MUROJAATI

Янгиликлар / Тадбиркорларга / Хисоботлар
Matbuot kotibi
230
QIZILTEPA TUMAN  DAVLAT SOLIQ INSPEKSIYASI BOSHLIG‘INING 2022-YIL APREL OYI YAKUNI BO‘YICHA HISOBOTI VA TADBIRKORLARGA MUROJAATI

Bugungi kunda"Soliqchi-ko‘makchi” tamoyili asosida davlat soliq xizmati organlari tomonidan tadbirkorlar huzuriga borgan holda ularning muammolarini o‘rganib, ijobiy hal etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Xususan, 2022-yilning aprel oyi davomida Qiziltepa tumanidagi 32 ta korxonalarning muammolari batafsil o‘rganildi. Natijada, soliq xizmati organlari xodimlari ko‘magi bilan 5 ta muammo ijobiy hal etildi. Bugungi kunda boshqa tashkilotlar bilan bog‘liq masalalar qat’iy nazoratga olinib, hamkorlikda hal etish choralari ko‘rilmoqda.

Shuningdek, o‘rganishlar davomida soliq turlari bo‘yicha 49ta subyektlarning 198.3 mln so‘m mavjud ortiqcha to‘lov summasi qaytarib berildi.

Ta’kidlash o‘rinliki, bugungi kunda soliq to‘lovchilarga qulayliklar yaratish maqsadida elektron xizmatlar ko‘rsatish ko‘lamining yanada kengaytirilayotgani muhim omil bo‘lmoqda. Masalan, bugungi kunga qadar viloyatda "E-ijara” avtomatlashtirilgan dasturiy mahsuloti orqali 977ta shartnomalar ro‘yxatga olingan.

Darhaqiqat, Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, soliq to‘lovchilarga haqiqiy ma’noda ko‘makchi, o‘rgatuvchi bo‘lish soliq organlarining bosh vazifasiga aylanmoqda.

Masalan, joriy etilgan qator soliq imtiyozlari, soliq yuki va turlarining kamaytirilganligi to‘g‘risida tadbirkorlar o‘rtasida olib borilayotgan tushuntirish-targ‘ibot ishlari natijasida joriy yilning 1-may sanasiga qadar 1325ta norasmiy ish o‘rinlari qonuniylashtirildi. Muhimi, fuqarolar muqim ish o‘rinlariga ega bo‘ldi.

Ayniqsa, turli sabablar bilan faoliyati vaqtincha to‘xtab qolgan tadbirkorlik subyektlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ular faoliyatini tiklash borasida joriy yilning aprel oyi davomida samarali ishlar amalga oshirildi. Jumladan, ana shunday 4 ta korxonaning faoliyati tiklandi. Natijada, 5 ta yangi ish o‘rinlari yaratilib, davlat byudjetiga 4.8 mln so‘m soliqlar tushishiga erishildi. E’tiborlisi, mazkur tadbirkorlik subyektlari ish boshlashi bilan ularga qo‘llanilgan ta’sirchan soliq mexanizmlari bekor qilinib, qariyb 17.8 mln so‘mlik mablag‘ ular ixtiyorida qoldirildi.

Bugungi kunda qo‘lida hunari bor yoki uyda yakka tartibda ma’lum faoliyat bilan shug‘ullanib kelayotgan fuqarolarimiz talaygina. Ularning o‘zini o‘zi band qilishi, ish stajiga ega bo‘lishi uchun soliq xizmati organlari tomonidan doimiy ko‘mak ko‘rsatib kelinmoqda. Jumladan, joriy yilning aprel oyi yakuni bilan 230 nafar fuqarolar o‘zini o‘zi band qilish tizimi orqali ro‘yxatdan o‘tib, muayyan faoliyat turlari bilan muntazam shug‘ullanib kelmoqda. Eng muhimi, ularning 80 nafarini 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil etadi.

Hurmatli soliq to‘lovchilar! Biz soliq xizmati organlari xodimlari sizlarning muammolaringiz qonuniy hal etish, faoliyatingiz davomida yuzaga kelgan barcha tushunmovchiliklarga yechim topishda doimiy ko‘mak berishga tayyormiz.

 

Агарда Сиз мақолада хатони учратган бўлсангиз, унда хато матнни белгилаб, CTRL + ENTER тугмасини босинг ва сайт маъмурига хабарнома жўнатинг.

Мавзуга оид ўхшаш мақолалар

QIZILTEPA TUMAN  DAVLAT SOLIQ INSPEKSIYASI BOSHLIG‘I D. MURODOVNING 2022 YIL 1-CHORAGI YAKUNI BO‘YICHA HISOBOTI VA TADBIRKORLARGA MUROJAATI

QIZILTEPA TUMAN DAVLAT SOLIQ INSPEKSIYASI BOSHLIG‘I D.

Янгиликлар / Хисоботлар апр 08, 2022
UMUMIY OVQATLANISH VA TURIZM SOHALARI QO'LLAB-QUVVATLANMOQDA

UMUMIY OVQATLANISH VA TURIZM SOHALARI QO'LLAB-QUVVATLANMOQDA

Янгиликлар / Тадбиркорларга окт 02, 2021
YOSHLAR BILAN UCHRASHUV

YOSHLAR BILAN UCHRASHUV

Тадбирлар ноя 13, 2019