IQTIBOS
29.10.2024
#Iqtibos
Biz “Yangi O'zbekiston – ma'rifiy jamiyat” konsepsiyasi asosida konstitutsiyaviy ta'lim masalasiga ham alohida e'tibor qaratmoqdamiz. Parlament tomonidan Konstitutsiyani o'qib-o'rganish bo'yicha Milliy faoliyat dasturi qabul qilindi. Asosiy qonunimizni o'rganishni bolalar bog'chasidan boshlash, barcha darajadagi ta'lim muassasalari, aholining turli qatlamlari, ayniqsa, davlat xizmatchilari ushbu jarayonga to'liq jalb etilishi lozim. Shuning uchun davlat xizmatiga ishga kirishda Konstitutsiya asoslari bo'yicha imtihonlar o'tkazish tizimini amalda tatbiq etishimiz zarur.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning 8-dekabr – O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayrami munosabati bilan xalqimizga bayram tabrigidan