15.01.2025
Daromadlar qismining bajarilishi
Tuman bo‘yicha 2024-yil 4-chorak yakuni bo‘yicha Qiziltepa tuman mahalliy byudjet daromadlarining prognozi 75127,3 mln.so‘m belgilangan bo‘lib, haqiqatda 73979,3 mln.so‘mga, ya’ni 101,6 foizga yoki rejaga nisbatan 1148,0 mln.so‘mga ko‘p bajarilgan.
Xarajatlar qismining bajarilishi
Tuman mahalliy byudjetining xarajatlari qismi bo‘yicha 2024-yil
4-chorak yakuni bo‘yicha aniqlangan reja 276072,0 mln so‘m bo‘lib, kassa xarajati 265722,5 mln so‘mni tashkil etib 96,3 foizga bajarildi.
Jumladan sohalar kesimida:
umumta’lim sohasi bo‘yicha aniqlangan reja 18685,9 mln so‘mni kassa xarajati 18270,6 mln so‘mni yoki 97,8 foizni,
maktabgacha ta’lim sohasi bo‘yicha aniqlangan reja 33706,6 mln so‘mni kassa xarajati 33265,9 mln so‘mni yoki 98,7 foizni,
sog‘liqni saqlash sohasi bo‘yicha aniqlangan reja 119351,4 mln so‘mni kassa xarajati 111597,9 mln so‘mni yoki 93,5 foizni,
davlat vakillik organlari sohasi bo‘yicha aniqlangan reja 25375,3 mln so‘mni kassa xarajati 25239,6 mln so‘mni yoki 99,5 foizni
qishloq xo‘jaligi sohasi bo‘yicha aniqlangan reja 6567,1 mln so‘mni kassa xarajati 6522,0 mln so‘mni yoki 99,3 foizni,
obodonlashtirish sohasi bo‘yicha aniqlangan reja 23339,0 mln so‘mni kassa xarajati 21775,4 mln so‘mni yoki 93,3 foizni,
madaniyat va sport sohasi bo‘yicha aniqlangan reja 13896,3 mln so‘mni kassa xarajati 13651,7 mln so‘mni yoki 98,2 foizni,
boshqa soha xarajatlari bo‘yicha aniqlangan reja 49046,7 mln so‘mni kassa xarajati 49051,1 mln so‘mni yoki 100,1 foizni tashkil etdi.
Mahalliy byudjetning qo‘shimcha manbalaridan foydalanish to‘g‘risida
Tuman mahalliy byudjetining 2024-yil zaxira jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan saylov uchastkalari komissiya a’zolarining ovqatlantirish bilan bog’liq xarajatlar uchun 21 mln so‘m, Yangi yil bayramini o‘tkazish bilan bog’liq xarajatlar uchun 55 mln so‘m mablag‘lar ajratildi.
Tuman mahalliy byudjetining 2024-yil 4-chorak daromadlar rejasining orttirilib bajarilgan qismi hisobidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi “Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5072-sonli qaroriga asosan “Fuqarolar tashabbusi” jamg‘armasi uchun 178,0 mln so‘m, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-martdagi “Yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 132-son Qaroriga asosan “Yoshlar daftari” jamg‘armasi uchun 10,0 mln so‘m, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil
31-martdagi “Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 145-sonli Qaroriga asosan “Ayollar daftari jamg‘armasi” uchun 10 mln so‘m, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 11.03.2023-yildagi “Keksa avlod vakillarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda ularning ijtimoiy faolligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-92-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Keksalar maslahati” guruhlari rahbarlarini rag‘batlantirish xarajatlari uchun 20 mln so‘m mablag‘lar ajratildi.
Iqtisodiyot va Moliya bo‘limi mudiri: J.Hojiyev