Бош саҳифа > Тадбирлар > QUVONCHLARGA LIMMO-LIM "BILIMLAR KUNI"

QUVONCHLARGA LIMMO-LIM "BILIMLAR KUNI"


4-09-2019, 15:27. Муаалиф: baxriddin

QUVONCHLARGA LIMMO-LIM "BILIMLAR KUNI"

OʻQUV YILINING ILK KUNI... OʻQUVCHI-YU OʻQITUVCHILAR TOMONIDAN INTIQIB KUTILADIGAN KUN BU.

Tadbir avvalida mamlakatimiz madhiyasi jarangladi. Undan soʻng tuman hokimi Sh. Sh. Nabiyev soʻzga chiqib, taʼlim sohasida mamlakatimizda olib borilayotgan keng koʻlamdagi ishlarga toʻxtalib, oʻtgan oʻquv yilida tumanimiz maktablarida erishilgan yutuqlarni eʼtirof etdi. Maktab oʻquvchi-yu oʻqituvchilarini yangi oʻquv yili bilan tabrikladi.

Tadbir davomida 2018/2019 oʻquv yilida taʼlim va sport sohasida yutuqlarga erishgan bir guruh oʻquvchilar tuman hokimi tomonidan kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlandi.


QUVONCHLARGA LIMMO-LIM "BILIMLAR KUNI"

Joriy yilgi oʻquv yilida ushbu umumtaʼlim maktabiga 164 nafar oʻquvchi qabul qilinib, ular 8 ta sinfda taʼlim olishadi. Shu kuni ularning barchasiga har bir bolakay orziqib kutadigan sovgʻa – Prezident sovgʻasi taqdim etildi.

 

QUVONCHLARGA LIMMO-LIM "BILIMLAR KUNI"

Qadrdon qoʻngʻiroq chalinib, oʻquvchilarni "Mustaqillik darsi"ga chorladi.


QUVONCHLARGA LIMMO-LIM "BILIMLAR KUNI"

Faollar zalida tuman hokimi Sh. Sh. Nabiyev yuqori sinf oʻquvchilariga "Mustaqillik darsi"ni oʻtib, mustaqillik yillarida mamlakatimizda yoshlarning ilmli, bilimli, yetuk, komil inson boʻlib yetishishida amalga oshirilayotgan ishlar haqida toʻxtalib, yangi oʻquv yilida oʻquvchilarga yangi marralarni zabt etishni tiladi.


QUVONCHLARGA LIMMO-LIM "BILIMLAR KUNI"

"Mustaqillik darsi" davomida viloyat hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari U. R. Razzoqov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Qiziltepa tuman Xalq qabulxonasi mudiri Anvar Isokov ham soʻzga chiqdi.



Ортга қайтиш