/ / ROSSIYADAN ROSSIYAGACHA YOHUD MIROMONJON YANA CHEMPION
Тадбирлар

ROSSIYADAN ROSSIYAGACHA YOHUD MIROMONJON YANA CHEMPION

Тадбирлар
baxriddin
18
ROSSIYADAN ROSSIYAGACHA YOHUD MIROMONJON YANA CHEMPION

Rossiya Federatsiyasining Anapa shahrida kikboksing boʻyicha oʻtkazilgan jahon kubogida Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibida qatnashgan tumanimizning faxrli yoshlaridan biri, 5-umumiy oʻrta taʼlim maktabining 10-"J" sinf oʻquvchisi Miromonjon Qoʻldoshev bugun qadrdon maktabida katta tantana va ehtirom bilan kutib olindi.

Jahon kubogi egasiga oʻquvchilar tomonidan chempionlik yoʻlakchasi tashkil etildi.

ROSSIYADAN ROSSIYAGACHA YOHUD MIROMONJON YANA CHEMPION
ROSSIYADAN ROSSIYAGACHA YOHUD MIROMONJON YANA CHEMPION
 

Uni barcha qarsaklar bilan olqishlab, chin dildan tabrikladi, suratga tushdi, gullar va sovgʻalar ulashishdi.

ROSSIYADAN ROSSIYAGACHA YOHUD MIROMONJON YANA CHEMPION
ROSSIYADAN ROSSIYAGACHA YOHUD MIROMONJON YANA CHEMPION

Shundan soʻng maktab kutubxonasida chempion bilan davra suhbati oʻtkazildi. Unda Miromonjon oʻquvchi va oʻqituvchilarning savollariga javob berdi.

ROSSIYADAN ROSSIYAGACHA YOHUD MIROMONJON YANA CHEMPION

Chempion kubok musobaqasi taassurotlari bilan oʻrtoqlasharkan, kubokka yoʻl rossiyalik raqib bilan jangdan boshlanib, boshqa bir rossiyalik kikboksingchi bilan bahsda yakunlangani, final oldidan gʻalaba qozonishiga ishonib, oʻzi bilan mamlakatimiz bayrogʻini olib borgani, gʻalaba mazasi, yurt sogʻinchi haqida toʻlqinlanib gapirdi.

Eslatib oʻtamiz, ushbu kubok bahslarida kikboksingning "Low kick" yoʻnalishida 51 kg. vazn toifasida kubok sohibi boʻlgan Miromonjon Qoʻldoshev 5 karra Oʻzbekiston, 1 marta Osiyo chempioni va 4 karra Oʻzbekiston kubogi sohibi hamdir.




Агарда Сиз мақолада хатони учратган бўлсангиз, унда хато матнни белгилаб, CTRL + ENTER тугмасини босинг ва сайт маъмурига хабарнома жўнатинг.

Мавзуга оид ўхшаш мақолалар

TADBIRKORLAR BILAN UCHRASHUV

TADBIRKORLAR BILAN UCHRASHUV

Фукароларга / Тадбирлар сен 26, 2019
OʻZBEKISTON BOʻYLAB PIYODA: QIZILTEPADAGI KUNLAR

OʻZBEKISTON BOʻYLAB PIYODA: QIZILTEPADAGI KUNLAR

Туман хакида / Фотолавхалар сен 07, 2019
QUVONCHLARGA LIMMO-LIM

QUVONCHLARGA LIMMO-LIM "BILIMLAR KUNI"

Тадбирлар сен 04, 2019