/ / YANGI SAYYORAGA XUSH KELIBSIZ!
Тадбирлар

YANGI SAYYORAGA XUSH KELIBSIZ!

Тадбирлар
baxriddin
27

Tumanimizning Uzilishkent mahallasida 2-sentyabr tongi karnay-surnay sadolari ostida boshlandi. Bunga sabab tadbirkor -- Vali Fayziyev tashabbusi bilan bunyod etilgan ajoyib maskan - "Bolalar sayyorasi" davlat sherikchilik asosidagi nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotiningtantanali ochilishi boʻlib oʻtgani.

"Bolalar sayyorasi" nomiga mos boʻlib, chinakamiga ajib sayyoraga oʻxshaydi. Bu yerda taʼlim-tarbiya oladigan bolajonlar uchun barcha sharoitlar yaratilgan boʻlib, hatto har bir guruh uchun alohida rangli bir xil kiyimlar tashkillashtirilgan. Maskanda 100 nafar shirintoylar 4 guruhda taʼlim-tarbiya olishi rejalashtirilgan boʻlib, 25 nafar fuqaro ish bilan taʼminlanadi.

Ushbu gʻaroyib "sayyora" loyihasining umumiy qiymati 3 milliard 800 million soʻmga teng.

 

"Bolalar sayyorasi" ning tantanali ochilish marosimida tuman hokimi Sh. Sh. Nabiyev va Uzilishkent mahallasining faxriy fuqarosi Safoqul Joʻrayev soʻzga chiqib, bugun yurtimizda maktabgacha taʼlim tizimini yanada rivojlantirish borasida olib borilayotgan keng koʻlamdagi ishlarga toʻxtalib oʻtishdi.

YANGI SAYYORAGA XUSH KELIBSIZ!Shundan soʻng, ushbu goʻzal inshootning bunyod etilishida bevosita ishtirok etgan quruvchilarning bir guruhiga choponlar sovgʻa qilindi.

 

Marosim qatnashchilar qizil lentani kesib, inshootning ichki qismiga yoʻl olishdi. Bu yerda ularni mental arifmetikachi bolajonlar, ona tilimizdan tashqari rus, ingliz, fransuz tilida sheʼrlar yod olgan dono bolajonlar kutib turgan edi. Oʻz mahoratlarini namoyish qilishgan kichkintoylar olqishlarga sazovor boʻlishdi.

YANGI SAYYORAGA XUSH KELIBSIZ!

 


Musiqa xonasida esa bir guruh bolakaylar ustoz haqida qoʻshiq kuylab berib, barchani xursand etishdi.

"Bolalar sayyorasi"dagi oshxona ham juda shinam va koʻrkam. Uning devorlaridagi suratlar esa har bir kishini oʻziga maftun etadi.

Agar Siz ham yangi sayyora bilan tanishmoqchi boʻlsangiz Uzilishkent mahallasi tomonga oʻting.

YANGI SAYYORAGA XUSH KELIBSIZ!
YANGI SAYYORAGA XUSH KELIBSIZ!
YANGI SAYYORAGA XUSH KELIBSIZ!
YANGI SAYYORAGA XUSH KELIBSIZ!

Агарда Сиз мақолада хатони учратган бўлсангиз, унда хато матнни белгилаб, CTRL + ENTER тугмасини босинг ва сайт маъмурига хабарнома жўнатинг.

Мавзуга оид ўхшаш мақолалар

AJOYIB TANTANA

AJOYIB TANTANA

Тадбирлар авг 31, 2019
IKKI KARRA BAYRAM: BASHIR MAHALLASIDA YANGI MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTINING OCHILISHI BOʻLIB OʻTDI

IKKI KARRA BAYRAM: BASHIR MAHALLASIDA YANGI MAKTABGACHA

Тадбирлар сен 01, 2019
QUVONCHLARGA LIMMO-LIM

QUVONCHLARGA LIMMO-LIM "BILIMLAR KUNI"

Тадбирлар сен 04, 2019