Тадбирлар

AJOYIB TANTANA

Тадбирлар
baxriddin
19
Soat millari 19:00 ga yaqinlashar ekan, quyosh ham sekin-asta chekinayotgan bir paytda tumanimiz markazida joylashgan hashamatli inshoot -- BOʻSM oʻyingohi tomon minglab tumandoshlarimiz va tumanimiz mehmonlari kelishmoqda.

Barchaning koʻzi porlamoqda, yuzlarda esa tabassum. Kimdir doʻstlari, yana kimdir qarindoshlari, boshqa birov oilasi bilan bayram tantanalaridan bahramand boʻlishni ixtiyor etgan. Kichkintoylarning baʼzilarini ota-onasi koʻtarib olgan, baʼzilari esa qoʻlida oʻyinchogʻu shishirilgan pufaklar bilan mayda-mayda qadamlar bosib, tantanaga yaqinlashmoqda.

 

Oʻyingohga kirib borar ekansiz, ajib tuygʻularni his etasiz. Tadbir maskani gullar, Vatan va mustaqillikni madh etuvchi bayramona shiorlar bilan bezatilgan. Karnay-surnay sadolari esa barchani bayramga chorlamoqda.

 

Mustaqil Oʻzbekistonimizning Davlat madhiyasi yangramoqda. Oh, naqadar qadrli va yoqimli, bir vaqtning oʻzida butun vujudingni larzaga keltiruvchi musiqa...

 

Shundan soʻng "Jonajon Oʻzbekistonim, mangu boʻl omon" shiori ostida "Oʻzbekiston -- ozod va betakror diyor" deb nomlangan teatrlashtirilgan konsert dasturi boshlanib, oʻyingoh boʻylab turli yoʻnalishlarda muvaffaqiyatlarga erishib kelayotgan tumandoshlarimiz: yoshlar, oʻqituvchi-murabbiylar, sportchilar kabilar oʻtishdi.


AJOYIB TANTANA


 

 

Tuman madaniyat boʻlimi xodimlari, "Gulchiroy" ashula va raqs ansambli, 3-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabi oʻquvchilari, tumandagi harbiy qism harbiylarining chiqishlari yigʻilganlarni bayramona kayfiyatini yanada koʻtardi.


AJOYIB TANTANA


AJOYIB TANTANA


 

Tantananing 2-qismi Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist -- Toʻlqin Jabborov muxlislari uchun ajoyib tuhfa boʻlgani shubxasiz.

 

 

Shoʻx qoʻshiqlari bilan barchani raqsga chorlagan xonanda muxlislarga dastxat qoʻyib berishni, ular bilan esdalik uchun suratga tushishni kanda qilmadi. Xullas, barchasi tomoshabin xohlagandek boʻldi.


AJOYIB TANTANA

 

Ajoyib chiqishlar va musiqalar sabab oradan 2 soatga yaqin vaqt oʻtgani ham bilinmadi. Afsuski, har bir narsaning oxiri boʻlganidek, bu tadbir ham oʻz nihoyasiga yaqinlashdi. Oʻyingoh darvozasidan chiqar ekanman, yon-atrofimdagi tumandoshlarimizning bir-birini tabriklab, "Bayram muborak boʻlsin" deyishlari qulogʻimga koʻp chalindi...

 

 

Bayram muborak, aziz tumandoshlar!!!


Агарда Сиз мақолада хатони учратган бўлсангиз, унда хато матнни белгилаб, CTRL + ENTER тугмасини босинг ва сайт маъмурига хабарнома жўнатинг.

Мавзуга оид ўхшаш мақолалар

IKKI KARRA BAYRAM: BASHIR MAHALLASIDA YANGI MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTINING OCHILISHI BOʻLIB OʻTDI

IKKI KARRA BAYRAM: BASHIR MAHALLASIDA YANGI MAKTABGACHA

Тадбирлар сен 01, 2019
QUVONCHLARGA LIMMO-LIM

QUVONCHLARGA LIMMO-LIM "BILIMLAR KUNI"

Тадбирлар сен 04, 2019
QURBON HAYITINI NISHONLASH TO‘G‘RISIDA

QURBON HAYITINI NISHONLASH TO‘G‘RISIDA

Президент карорлари / Указы Президента сен 19, 2015